AsosiyJamiyat

Samarqanddagi maktabda o`quvchi qiz sinfdoshini samosud qildi

'Samarqanddagi maktabda o`quvchi qiz sinfdoshini samosud qildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi maktablardan birida ikki o`quvchi qizning janjali aks etgan video tarqaldi.

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, ushbu holat joriy yilning 8 may kuni Payariq tumanidagi 58-umumiy o`rta ta`lim maktabida sodir bo`lgan.

Maktabning 11"B"-sinf o`quvchilari R.N. va F.D.lar soat 09:55 da tanaffus vaqtida o`zaro tortishib qolgan. Oqibatda R.N. dugonasi D.F.ni turli xil so`zlar bilan haqoratlagan va urgan.

O`rganishlarga ko`ra, o`quvchilarni dars mashg`ulotlarida nazoratsiz qoldirgani, o`z lavozim majburiyatlarini to`liq bajarmasdan sustkashlikka va mas`uliyatsizlikka yo`l qo`yganliklari uchun 58-umumiy o`rta ta`lim maktabining fizika fani o`qituvchisi M.A., 11"B"-sinf rahbari N.G`., MMIB direktor o`rinbosari X.A. va maktab psixologi N.A.ga nisbatan Mehnat kodeksining tegishli moddasiga asosan, "hayfsan" intizomiy jazo chorasi qo`llanilgan.

*Hozirda mazkur holat yuzasidan Payariq tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar