Qozog`istonda velosportning trek yo`nalishi bo`yicha “Silkway Series Astana I” musobaqasi bo`lib o`tmoqda. Turnirning ortda qolgan kunida “Tashkent Track Team” jamoasi shohsupaga ko`tarildi.
Hamyurtlarimiz ayollar o`rtasidagi medison dasturida sovrindorlar qatoridan joy olishdi. Margarita Misyurina hamda Ekaterina Knebeleva juftligi shiddatli kurashlarga boy kechgan poygada kumush medalga sazovor bo`ldilar. Ushbu natija orqali sportchilarimiz Parij-2024 Olimpiadasi yo`lida qimmatli reyting ochkolarini jamg`arishga erishishdi.






