"O`zgidromet" joriy hafta uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Ma`lum qilinishicha, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha quruq va yoz kabi iliq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Havo harorati 32-35 darajani, janubda va cho`l hududlarda 36-38 darajagachani tashkil etadi.
Keyinchalik ish haftasining oxirigacha O`zbekiston hududining katta qismida yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Faqat 23-34 may kunlari respublikamizning sharqiy hududlarining eng chekka qismida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.
Qozog`iston hududi ustidagi joylashgan antisiklonning ta`siri hafta o`rtalarida harorat fonini biroz pasaytiradi. Kunduzgi havo harorati 25-30 daraja atrofida bo`ladi. Ish haftasining oxiriga kelib, harorat yana 31-33 darajagacha ko`tariladi.
23-24 may kunlari respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to`zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida hafta davomida mahalliy momaqaldiroqli yomg`irlar bilan kuchsiz berqarorlik bo`lishi kuzatiladi.
Poytaxtda bugun va haftaning oxirigacha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat ertaga kechasi va ertalab biroz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 23-24 may kunlari shamol tezligi 12-14 m/s gcha kuchayishi mumkin. Bugun kunduzi havo harorati 31-33 daraja bo`ladi, qolgan kunlarda esa harorat asosan 26-30 daraja atrofida bo`ladi.






