AsosiyJamiyat

Samarqandda davlat erini 120 ming AQSh dollariga pullamoqchi bo`lgan shaxs ushlandi

'Samarqandda davlat erini 120 ming AQSh dollariga pullamoqchi bo`lgan shaxs ushlandi'ning rasmi

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o`tkazildi. 

Tadbir davomida 1964 yilda tug`ilgan, Oqdaryo tumanida yashovchi R.Sh. ushbu tumandagi fermer xo`jaligiga tegishli bo`lgan 2.7 gektar er maydonining 1.5 gektar qismini tamagirlik yo`li bilan mahalliy fuqaroga 120.000 AQSh dollariga sotishga kelishib, ushbu mablag`ning 60.000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar