AsosiyJamiyat

Buxoroda ichki ishlar xodimi traktorni boshqarayotgan mast haydovchini to`xtatishga urindi (video)

'Buxoroda ichki ishlar xodimi traktorni boshqarayotgan mast haydovchini to`xtatishga urindi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Ichki ishlar xodimiga hurmasizlik qilish oqibati" sarlavhasi ostida video tarqaldi.



Ushbu holat Buxoro viloyati IIB mas`ul xodimlari tomonidan o`rganildi. Aniqlanishicha, joriy yilning 20 may kuni soat 10:09 larda Jondor tumani "Bolun" qishlog`ida yashovchi K.G. ismli ayol “102” raqamiga qo`ng`iroq qilib, notanish fuqaro unga tegajonlik qilayotganligi to`g`risida xabar bergan.      

Ushbu xabarnoma asosida Buxor tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori voqea joyiga zudlik bilan etib borganida, murojaat qilgan ayol va tegajonlik qilgan fuqaro hali ham o`sha erda bo`lgan.

Ayolga tegajoqlik qilgan ushbu fuqaroning shaxsiga oydinlik kiritish choralari ko`rilgan. Uning Buxoro tumani “Podshohi” mahallasida yashovchi, 1972 yilda tug`ilgan M.R. ekanligi aniqlanib, spirtli ichimlik iste`mol qilganlikda gumon qilinganda, u o`zining TTZ-100 rusumli traktorini xodimning ogohlantirishiga qaramasdan boshqarib ketmoqchi bo`lgan.

Xodim uning mast holda traktorni boshqarishi yo`l harakati ishtirokchilari uchun xavf tug`dirishi mumkinligini aytib, uning transport vositasini boshqarishiga yo`l qo`ymaslik maqsadida traktorning kabinaga chiqish zinasiga turib olib,o`zining qonuniy talablarini qo`ygan.

Fuqaro M.R. xodimning traktorni boshqarmaslik to`g`risida ogohlantirishiga qaramasdan uning qonuniy talabini bajarmasdan traktorda harakatlanib ketgan.

Ushbu fuqaro boshqaruvidagi traktor to`xtatilib, yordamga chaqirilgan viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan tekshiruv o`tkazilganda traktor haydovchisi spirtli ichimlik ichgan mastlik holatida ekanligi o`z tasdig`ini topgan.  Unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtK.ning 131-moddasi (transport vositasini mast holda boshqarish) bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, traktor vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Hozirda fuqaro M.R. ning harakatlarida MJtKning 194-moddasida ko`rsatilgan huquqbuzarlik (IIO xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) alomatlari mavjud yoki mavjud emasligi yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan qo`shimcha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar