AsosiyJamiyat

Odam savdosi uchun qidirilayotgan ayol Malayziyadan O`zbekistonga ekstradisiya qilindi

'Odam savdosi uchun qidirilayotgan ayol Malayziyadan O`zbekistonga ekstradisiya qilindi'ning rasmi

Kuala-Lumpurdan Toshkentga Ichki ishlar vazirligi Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari hamkorligida odam savdosi bo`yicha xalqaro qidiruvda bo`lgan va ko`p yillar Malayziyada yashirinib yurgan jinoyatchi olib kelindi.

Qayd etilishicha, ushbu ayol firibgarlik yo`li bilan xorijda yaxshi maoshli ishga joylashtirib berishni va`da qilib, qizlarni Malayziyaga olib borib, o`z sheriklari bilan jabrlanganlarning pasportlarini zo`rlik bilan olib, fohishalik bilan shug`ullanishga majburlagan.

Gumonlanuvchi Interpolning Toshkent va Kuala-Lumpurdagi Milliy markaziy byurolari o`rtasidagi hamkorlikdagi tadbirlar hamda tezkor-axborot ko`magi, shuningdek, O`zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi diplomatik missiyasining bevosita yordami natijasida qo`lga olingan. Kelishilgan harakatlar tufayli qidiruvdagi ayolni qo`lga olish va Malayziya rasmlari jinoyatchini O`zbekistonga ekstradisiya qilish to`g`risida qaror qabul qilmaguncha uni hibsda saqlash mumkin bo`ladi.

Bosh prokuraturaning ekstradisiya to`g`risidagi iltimosnomasi ijobiy ko`rib chiqilishi natijasida qidiruvda bo`lgan ayol sudda adolat qaror topishi uchun Toshkent shahriga etkazib olib kelish maqsadida O`zbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlariga topshirilgan.

    Boshqa yangiliklar