AsosiyJamiyat

Surxondaryoda bemorning qo`llarini bog`lab, kuch ishlatgan IIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Surxondaryoda bemorning qo`llarini bog`lab, kuch ishlatgan IIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Avvalroq, Surxondaryoda IIB xodimi tibbiy davolash muassasasida bemorga jismoniy kuch ishlatgani haqida xabar bergan edik.

Surxondaryo viloyat prokuraturasining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari yakunlandi.

Tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko`ra, 2023 yil 19 may kuni JKning 206-moddasi  (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish)1-qismi, 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi "a" bandi  bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari Muzrabot tumani prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar