AQSh Savdo vazirligi juma kuni Rossiya, Qirg`iziston va Armanistonning 71 kompaniyasiga nisbatan yangi sanksiyalar va eksport cheklovlarini e`lon qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Federal reestrda e`lon qilingan hujjatga ko`ra, agentlik "AQSh hukumati belgilaganidek, AQShning milliy xavfsizligi va tashqi siyosati manfaatlariga zid bo`lgan 71 kompaniyaga nisbatan eksport cheklovlari ro`yxatini kengaytirdi", bu haqda hujjatda keltirilgan.
Nashr etilgan ro`yxatda Armaniston va Qirg`izistondan bittadan kompaniya bor, qolganlari esa Rossiyaga qarashli. Sanksiyalar ostida qolgan Rossiya kompaniyalari orasida Rossiya Federasiyasi Davlat ilmiy markazi, "Markaziy kimyo va mexanika ilmiy-tadqiqot instituti" Federal davlat unitar korxonasi, Qozon kukuni zavodi, asbobsozlik, samolyotsozlik, kema ta`mirlash va kemasozlik, mashinasozlik zavodlari bor. Jumladan, Bryansk avtomobil zavodi, "BUREVESTNIK" markaziy ilmiy-tadqiqot instituti, Akademik M. F. Reshetnev nomidagi "Axborot yo`ldosh tizimlari" AJ, Qozon optik-mexanika zavodi va boshqalar bor.






