AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida bulbul ovlagan shaxsga qariyb 7 mln jarima belgilandi (video)

'Toshkent viloyatida bulbul ovlagan shaxsga qariyb 7 mln jarima belgilandi (video)'ning rasmi

Tabiat resurslari vazirligi Toshkent viloyati boshqarmasi, IIB YPX va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida reyd tadbiri o`tkazildi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, tadbir davomida fuqaro A.N. Toshkent viloyatining Ohangaron tumani tog`li hududlaridan noqonuniy ravishda, hech qanday ruxsatnomalarsiz 11 ta bulbulni ovlagani aniqlandi.

Huquqbuzardan noqonuniy ov qurollari ashyoviy dalil sifatida olib qo`yildi. Qushlar esa tabiat bag`riga qo`yib yuborildi.

Holat yuzasidan A.N.ga nisbatan MJtKning 90-modda 1-qismiga asosan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. U hayvonot dunyosiga 3 630 000 so`m miqdorida zarar etkazganligi aniqlandi. Shuningdek, huquqbuzarga nisbatan 3 300 000 so`m jarima belgilandi.

Huquqbuzar jami 6 930 000 so`m miqdorida jarima to`laydigan bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar