O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev davlat tashrifining tadbirlarga boy dasturi o`z nihoyasiga etdi.
Sian shahrida davlatimiz rahbari Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokara o`tkazdi, yakunda etakchilar Qo`shma bayonotni imzoladilar va 2023-2027 yillarga mo`ljallangan yangi davrdagi har tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirish dasturini qabul qildilar.
Tashrif doirasida jami 41 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi, umumiy qiymati 25 milliard dollardan ziyod bo`lgan yangi yuqori texnologik sanoat, savdo va investisiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, O`zbekiston-Xitoy hamkorligi ko`rgazmasi bilan tanishildi, yangi qo`shma loyihalar ishga tushirildi va Xitoy ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o`tkazildi.
Shu bilan birga, davlatimiz rahbari “Markaziy Osiyo – Xitoy” birinchi sammitida ishtirok etib, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish bo`yicha muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.
Aeroportda O`zbekiston etakchisini XXR madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin, Shensi muzofoti gubernatori Chjao Gan va faxriy qorovul kuzatib qo`ydi.
Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkentga jo`nab ketdi.






