AsosiyJamiyat

Samarqandda avtobus urib yuborgan maktab o`quvchisi shifoxonada vafot etdi

'Samarqandda avtobus urib yuborgan maktab o`quvchisi shifoxonada vafot etdi'ning rasmi

2023 yil 13 may kuni soat taxminan 15:30 larda Samarqand shahar "Rudakiy" mahallasi hududidan o`tuvchi "Beruniy-Gagarin" yo`nalishidagi avtomobil yo`lida "ISUZI" avtobus  maktab o`quvchisini urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Haydovchi mashinasini boshqarib borayotgan vaqtida, yo`ldan harakatlanib o`tayotgan 59-son Nurli maskan maktabi o`quvchisi 2004 yilda tug`ilgan, Q.D.ni urib yuborib, yo`l-transport hodisasini sodir qilgan.

Natijada tan jarohati olgan piyoda Q.D. shifokorlar tomonidan ko`rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan 2023 yil 15 may kuni shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar