Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, "Langar" mahallasidagi 58-sonli maktabda yuz bergan janjal video tarqaldi.
Viloyat IIBning ma`lum qilishicha, voqea 2023 yil 15 may kuni soat 15:00 da “Langar” MFY da sodir bo`lgan. Fuqaro M. A. 2023 yil 6 aprelda qizi darsdan kelib, dori ichganligida 58-sonli maktab direktori T.S. ayblaydi. Maktab binosiga qo`lida bo`lgan oshxona pichog`i bilan kelib, baqir-chaqir qilib janjal ko`targan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Xatirchi tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






