AsosiyJamiyat

“Adolat” SDPdan O`zbekiston prezidentligiga qo`yilgan nomzod uchun imzo yig`ish boshlandi

'“Adolat” SDPdan O`zbekiston prezidentligiga qo`yilgan nomzod uchun imzo yig`ish boshlandi'ning rasmi

Joriy yilning 9 iyul kuni bo`lib o`tadigan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovi arafasida “Adolat” SDP faol ishtirok etib, mamlakatimizning barcha hududlarida mazkur partiya tomonidan nomzod sifatida ko`rsatilgan Mahmudova Robaxon Anvarovnani qo`llab-quvvatlab, imzo yig`ish jarayonlari o`tkazilmoqda.

Prezidentlikka nomzod sifatida ko`rsatilgan R.A. Mahmudova uchun imzo qo`yish istagini bildirgan fuqarolarimiz ushbu jadvalda ko`rsatilgan manzillarga tashrif buyurib, o`z imzolarini qoldirishlari mumkin.

Imzo qo`yish uchun kelgan fuqarolarimiz o`zlari bilan pasport, ID karta yoki ularning elektron variantini olib kelishlari kerak bo`ladi. 

Imzo yig`ish jarayoni 17-30 may kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha davom etadi.

    Boshqa yangiliklar