Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryodagi bog`larning birida attraksionda uchayotgan fuqaro undan yiqilib tushgan video tarqaldi.
Holat yuzasidan Qashqaradyo viloyat IIB Axborot xizmati izoh berdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning yil 8 may kuni soat taxminan 19:30 atrofida chamasida Nishon tumani "Nurchi" MFYda yashovchi fuqaro U.N. o`rtoqlari bilan Nuriston shaharchasidagi istirohat bog`iga borib, "Drakon" attraksionida uchayotgan vaqtda ro`parasidagi o`rindiqqa o`tish uchun joyidan turib, ehtiyotsizligi oqibatida yiqilib tushgan.
Natijada U.N.ning o`ng qo`li sinib, Nishon tuman markaziy shifoxonasiga murojaat etgan. Jabrlanuvchi shifoxonada davo muolajalari olib, uyiga chiqib ketgan.
Hozirda holat yuzasidan Nishon tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






