AsosiyJinoyat

Uchta hududda pul evaziga haydovchilik guvohnomasini olib berishni va`da qilgan fuqarolar qo`lga olindi

'Uchta hududda pul evaziga haydovchilik guvohnomasini olib berishni va`da qilgan fuqarolar qo`lga olindi'ning rasmi

 Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Yunusobod tumani bo`limlari tomonidan   tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Unda, fuqaro B.A. fuqaro N.K.ga go`yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida o`quv mashg`ulotlariga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Shu kabi, Departamentning Shovot tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, “H.A.” MChJ shaklidagi avtomaktab amaliy mashq o`rgatuvchisi vazifasida ishlagan M.O. fuqaro I.X.ni haydovchilik guvohnomasi olish uchun o`tkaziladigan imtihondan o`tkazib berishi evaziga 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Yangier shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “Vatanparvar” tashkiloti Sayxunobod tumani o`quv sport-texnika klubi rahbari F.X. fuqaro U.X.ga go`yoki IIB YHXBdagi tanishlari orqali imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar