O`zbekistondagi bog`chalarda o`tkaziladigan har qanday tadbirlar uchun pul yig`ish qat`iyan man etiladi. Bu haqda Maktabgacha ta`lim agentligi ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, bog`chalardagi ta`mirlash, turli tadbirlar (xayr bog`cha) va bayramlar uchun pul yig`ish qat`iyan man etiladi.
Agar bog`chalarda mablag` yig`ish bilan bog`liq holatlardan xabardor bo`lgan ota-onalardan (71)-207-04-07 ishonch telefoniga murojaat qilish so`ralgan.
Ma`lumot uchun, hozirda mamlakatda 30 mingga yaqin maktabgacha ta`lim tashkilotlarida 2 milliondan ziyod o`g`il-qiz tarbiyalanmoqda. So`nggi besh yilda 422 ta davlat bog`chasi qurilishi hamda 21 mingdan ortiq nodavlat muassasalar ochilishi hisobiga 1 million 200 ming o`rin yaratilgan. Tizimga bolalarni qamrab olish ko`rsatkichi 72 foizga etgan.






