“O`zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta`minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–158-son, 16.05.2023 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko`ra, 2023 yil 1 dekabrdan Respublikada kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi bosqichma-bosqich ishga tushiriladi.
➖Mazkur milliy tizim doirasida O`zbekiston va unga chegaradosh hududlardagi seysmik hodisalarning monitoringi real vaqt rejimida yuritiladi.
Zilzila o`chog`iga yaqin ikki va undan ortiq seysmik stansiyalarda kuchli (5 va undan yuqori balli) tebranishlar aniqlanganda:
➖“Kuchli zilziladan ogohlantirish” mobil ilovasi orqali aholiga qisqa soniyalarda respublikaning aniqlangan hududlarida kuchli zilzila kuzatilishi to`g`risida tezkor xabarnoma yuboriladi.
2023 yil 1 avgustdan:
➖“Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish elektron platformasi” ishga tushiriladi;
➖suv omborlarida ishlovchi mas`ul xodimlarning seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni amalga oshirish va birlamchi tahlil qilish bo`yicha har 2 yilda malakasini oshirish amaliyoti yo`lga qo`yiladi.
➖2024 yil 1 yanvardan seysmik faol zonalarda joylashgan shaharlarning bosh rejalari loyihalarini tegishli hududlarning seysmik mikrohududlashtirish xaritalariga asoslangan holda ishlab chiqish amaliyoti joriy qilinadi.
Hududlarning seysmik mikrohududlashtirish xaritalari Fanlar akademiyasi tomonidan ishlab chiqiladi.
➖2023 yil 1 iyundan respublika hududlarida mavjud faol tektonik er yoriqlarining ko`rsatkichlarini o`rganish ishlari tashkil etiladi.
➖2023/2024 o`quv yilidan bosqichma-bosqich maktabgacha, umumiy o`rta, o`rta maxsus va professional ta`lim bosqichlarining amaldagi ta`lim dasturlariga Zilzila vaqtida to`g`ri harakatlanish qoidalari kiritiladi.
18.05.2023 09:50
O`zbekistonda kuchli zilziladan ogohlantiruvchi milliy tizim ishga tushiriladi






