AsosiyJamiyat

60 yoshdan oshganlarga xavfli dorilar tarqatilayotgani rostmi?

'60 yoshdan oshganlarga xavfli dorilar tarqatilayotgani rostmi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekiston Xitoydan katta miqdorda dori vositalari sotib olgani, tabletka ko`rinishidagi ushbu preparatlar yurtimiz bo`ylab 60 yoshdan oshgan aholi vakillariga berilishi, ammo ular inson organizmi uchun xavfli ekani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Sog`liqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma`lum qildi.

Avvalo, shu kunlarda mamlakatimizga Xitoy davlatidan katta miqdorda dori vositalari olib kelingani haqidagi xabarlar mutlaqo yolg`on.

Qolavera, bundan 2 yil avval yurtimizda koronavirus pandemiyasi ayni avj olgan og`ir va murakkab davrda ham internet tarmoqlarida COVID-19 infeksiyasiga qarshi ishlab chiqarilgan vaksinalar to`g`risida shu singari haqiqatga zid ma`lumotlar tarqatilgan edi. 

Biroq oradan vaqt o`tib, ushbu xabarlar mutlaqo uydirma ekani ma`lum bo`ldi. Aksincha, vaksinalar aholi o`rtasida koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy immunitetni shakllantirish, kasallikning oldini olish hamda pandemiyani to`xtatishda muhim vosita bo`lib xizmat qildi.

"Shu ma`noda aytsak, odamlar orasida turli vahima va xavotir uyg`otish maqsadida tarqatilayotgan bu galgi xabarlar ham bo`xton va safsatadan boshqa narsa emas" deyiladi vazirlik xabarida.

    Boshqa yangiliklar