Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Kattaqo`rg`on tumani bo`limlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda, Kattaqo`rg`on Servis texnikumi bo`lim boshlig`i M.O. fuqaro D.E.ning farzandini 3 000 AQSh dollari evaziga Toshkent davlat pedagogika universitetiga o`qishga kiritib qo`yishini aytib, oldindan 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






