21 may kuni "Men g`olib" ommaviy yugurish musobaqasi o`tkaziladi. Shu munosabat bilan shahardagi quyidagi ko`chalar vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar bermoqda.
20 may kuni soat 10:00 dan 21 may kuni soat 11:00 gacha:
Afrosiyob ko`chasining Islom Karimov shoh ko`chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob ko`chasi bo`ylab Beshyog`och ko`chasi bilan kesishmasigacha;
21 may kuni soat 5:30 dan soat 9:00 gacha:
Afrosiyob ko`chasining Islom Karimov shoh ko`chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob va Oybek ko`chalari bo`ylab Oybek va Nukus ko`chalari kesishmasigacha, shuningdek, Oybek va Nukus ko`chalari kesishmasidan Nukus ko`chasi bo`ylab Rim katolik cherkovigacha.






