AsosiyJamiyat

Mirziyoev ETTB Boshqaruvchilar kengashining yig`ilishida nutq so`zlaydi

'Mirziyoev ETTB Boshqaruvchilar kengashining yig`ilishida nutq so`zlaydi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Evropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig`ilishida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga keldi. Bu haqda Prezident axborot xizmati rahbari Sherzod Asadov xabar bermoqda. 

Davlatimiz rahbari yig`ilish yalpi sessiyasida nutq so`zlaydi.

Sammit ishida Evropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso, Evropa Komissiyasi vise-prezidenti Valdis Dombrovskis, ETTB Boshqaruvchilar kengashi raisi Magnus Brunner, xorijiy hukumatlar, etakchi transmilliy korporasiyalar va sanoat xoldinglari, xalqaro moliya institutlari va banklarning rahbarlari va vakillari, shuningdek, dunyoning 70 ta mamlakatidan iqtisodiyot, investisiyalar, moliya va innovasiyalar sohasi ekspertlari va tahlilchilari, fuqarolik jamiyati faollari va jurnalistlar – jami 2,5 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashmoqda.

Tadbir global iqtisodiyot istiqbollarini keng muhokama va chuqur tahlil qilish, uning barqaror taraqqiyotini ta`minlash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish uchun muhim platformadir.

Iqtisodiyot barqarorligiga sarmoya kiritish, xalqaro savdoni rag`batlantirish, energetik xavfsizlikni ta`minlash va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, raqamlashtirishni jadallashtirish, moliyaviy infratuzilmani modernizasiya qilish, kichik va o`rta biznesni qo`llab-quvvatlash, “yashil” iqtisodiyot dasturini ilgari surish masalalari forumning markaziy mavzulari bo`ladi.

Tadbir doirasida davlatimiz rahbari xorijiy delegasiyalar rahbarlari bilan qator uchrashuvlar o`tkazishi rejalashtirilmoqda.

Ta`kidlash joizki, ETTB mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini ilgari surishda faol ishtirok etmoqda.

Mana uch yildirki, O`zbekiston ushbu etakchi moliyaviy institutdan jalb qilingan investisiyalar hajmi bo`yicha mintaqada etakchilik qilmoqda. Bugungi kunda Bank loyihalarining portfeli 3 milliard evrodan oshdi, unda xususiy sektorga investisiyalar ulushi 55 foizdan ziyodni tashkil qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar