AsosiyJamiyat

Toshkentda YPX xodimi formasida odam o`g`rilagan jinoiy guruh qo`lga olindi

'Toshkentda YPX xodimi formasida odam o`g`rilagan jinoiy guruh qo`lga olindi'ning rasmi

Jinoyat ishlari bo`yicha Olmazor tuman sudining hukmi bilan 1980 yilda tug`ilgan cudlanuvchi JKning 137-moddasi (odam o`g`rilash) 2-qismining «b, v» bandlari, 28,164-moddasi (bosqinchilikda tashkilotchi) 2-qismining «a, b, v» bandlari, 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismining «a» bandi, 28,267-moddasi (transport vositasini olib qochishda tashkilotchi) 2-qismining «b, v» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topildi va 15 yil ozodlikdan mahrum qilindi.

Qolgan uch nafar sudlanuvchilar «odam o`g`rilash», «bosqinchilik», «tovlamachilik», «transport vositasini olib qochish» jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topildi.

1997 yilda tug`ilgan cudlanuvchiga 13 yil 6 oy, va 1981 yilda tug`ilgan sudlanuvchiga 13 yil 9 oy, 1994 yilda tug`ilgan cudlanuvchiga esa 14 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sudlanuvilardan solidar tartibda jabrlanuvchi foydasiga 437 139 548 so`m undirilishi belgilandi.

    Boshqa yangiliklar