AsosiyJamiyat

Oila va xotin-qizlar qo`mitasidan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi

'Oila va xotin-qizlar qo`mitasidan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi'ning rasmi

Hukumat qaroriga muvofiq mutaxassisligi bo`yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma`lumotga ega bo`lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta`lim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to`lov-kontrakt asosida o`qishga qabul qilinishi belgilangan.

Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo`lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo`mitasining tavsiyanomasiga ega bo`lishlari lozim.

Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

- o`rta maxsus yoki professional ta`lim bo`yicha mutaxassislikka ega bo`lishi;

- tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta`lim olmaganligi yoki olmayotganligi;

- o`rta maxsus yoki professional ta`lim mutaxassisligi bo`yicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo`lishi.

▪️Talabgorlar joriy yilning 1 iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha ro`yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etadilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

- fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;

- mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko`chirma;

- o`rta-maxsus yoki professional ta`lim bo`yicha diplom.

▪️ Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan o`rnatilgan tartibda 1-7 iyun kunlari ko`rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to`g`risida xulosa qabul qilinadi.

2022/2023 o`quv yilida tavsiyanoma olgan, biroq oliy ta`lim muassasalarida talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlarning tavsiyanomalari 2023-2024 yillar uchun ham amal qiladi.

    Boshqa yangiliklar