AsosiyJamiyat

Farg`onadagi xandaq qazilayotgan joyda bir kishini tuproq bosib qoldi

'Farg`onadagi xandaq qazilayotgan joyda bir kishini tuproq bosib qoldi'ning rasmi

Bugun, 16 may kuni Farg`ona viloyatining Yozyovon tumanidagi xandaq qazilayotgan joyda bir kishini tuproq bosib qoldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, soat 11:50 da Farg`ona viloyati FVB navbatchilik qismiga Yozyovon tumani “Yuqori Soybo`yi” mahallasida bir kishining ustiga tuproq ko`chib tushgani haqida xabar kelib tushgan. Bu holat xandaq qazishda xavfsizlik qoidalarining qo`pol ravishda buzish natijasida sodir bo`lgan. Voqea joyiga zudlik bilan Farg`ona viloyati FVB qutqaruv otryadlari etib borgan.

Ko`chib tushgan tuproq bir necha daqiqalarda olib tashlangan. Qutqaruvchilarga voqeaga guvoh bo`lgan shaxslar ham yordam ko`rsatishgan. Ma`lum bo`lishicha, jabrlanuvchi subpudratchi tashkilot xodimi bo`lib, xandaq qazish vaqtida xavfsizlik qoidalarini qo`pol ravishda buzgan. U tan jarohatlari olgan bo`lsada, shifokorlarning fikriga ko`ra, uning hayotiga hech narsa tahdid solmayapti.

    Boshqa yangiliklar