Statistika agentligi ma`lumotlariga ko`ra, 2023 yil yanvar-mart oylarida Toshkent metropolitenida 38,7 mln yo`lovchi tashilgan.
Bu ko`rsatkich 2022 yilning mos davriga nisbatan 11,3 mln nafarga ko`p.
2023 yil yanvar-mart oylarida Toshkent metropolitenida bir kunda o`rtacha 430,1 ming nafar yo`lovchilar tashilgan bo`lib, 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 41,3 foiz ko`p.






