AsosiyJinoyat

Toshkentda katta miqdorda kredit mablag`ini o`zlashtirgan shaxslar qo`lga olindi

'Toshkentda katta miqdorda kredit mablag`ini o`zlashtirgan shaxslar qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo`limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda, “O.t.” MChJ norasmiy boshqarib kelgan D.U. va boshqalar tijorat banki filialidan ajratilgan 450 ming AQSh dollari miqdoridagi kredit evaziga qo`shni Qozog`iston Respublikasidan go`sht mahsulotini import qilmasdan ushbu mablag`larni xorijiy kompaniyalar orqali naqdlashtirganligi, shundan “H.G” MChJga o`tkazgan 105 ming AQSh dollarini bank orqali konvertasiya qilib olganliklari hamda 498,1mln so`m soliqlarni to`lashdan bo`yin tovlaganliklari aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish), 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o`z vakolatlarini suiiste`mol qilish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.  
 

    Boshqa yangiliklar