AsosiyDunyo

Qozog`iston fuqarolari uchun Evropaga viza olish osonlashtirilishi mumkin

'Qozog`iston fuqarolari uchun Evropaga viza olish osonlashtirilishi mumkin'ning rasmi

Qozog`iston Bosh vaziri o`rinbosari – tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu Bryusselga tashrifi chog`ida Evropaning ichki ishlar bo`yicha komissari Ylva Yoxansson bilan respublika fuqarolari uchun viza rejimini engillashtirish bo`yicha rasmiy maslahatlashuvlarni boshlashga kelishib oldi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

Qozog`iston TIVda ta`kidlanganidek, bunday tartib talab qilinadigan hujjatlar ro`yxatini qisqartirishni, vizaning amal qilish muddati va chastotasini oshirishni nazarda tutadi. Vazirlikning eslatishicha, Qozog`iston 2017 yildan boshlab ishbilarmon hamkorlik, turizm va insoniy aloqalarni rivojlantirish maqsadida bir tomonlama tartibda barcha Evropa Ittifoqi davlatlari fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilgan.

O`z navbatida, Yoxansson Evropa Ittifoqi Qozog`iston bilan o`zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashdan manfaatdorligini va tomonlar fuqarolari o`rtasidagi aloqalarni kengaytirish tarafdori ekanini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar