AsosiyDunyo

Dunyo bo`yicha har yili 1,3 mln inson yo`l-transport hodisasi oqibatida qurbon bo`lmoqda – JSST

'Dunyo bo`yicha har yili 1,3 mln inson yo`l-transport hodisasi oqibatida qurbon bo`lmoqda  – JSST'ning rasmi

JSST ma`lumotiga ko`ra, 50 millionga yaqin kishi og`ir jarohat olib, bir umr nogironga aylanadi. Yo`l-transport jarohati bolalar va yoshi 5 dan 29 gacha bo`lgan yoshlar o`rtasida o`lim sababining asosiy qismini tashkil etadi. Bu haqda UzA xabar yozdi. 

Yo`l-transport jarohati odamlar va ularning oilalari umuman mamlakat uchun og`ir iqtisodiy qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Chunki, davolanishga mablag` kerak bo`ladi, ishlab chiqarish samaradorligi yo`qotiladi, shuningdek, yaqinlarini mehnat qilish va ta`lim olishidan mahrum qiladi, zero ular jabrlanganlarni parvarish qilishga majbur bo`ladi.

Yo`l-transport hodisalaridan ko`rilgan zarar ayrim mamlakatlarda YaIMning 3 foizigacha etadi. Tezlik o`rtacha 5 foizga tushirilsa oqibati o`lim bilan kechadigan halokatlar 30 foizgacha qisqarar ekan.

    Boshqa yangiliklar