Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buloqboshi tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda, “A.B.” MChJ ish yurituvchisi S.Q. va boshqalar tumandagi “Sanoat” MFY hududida suv tarmog`ini qurish va rekonstruksiya qilishda amalda bajarilmagan ishlarni qo`shib yozish orqali jami 990,8 mln so`mni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






