Kuni kecha Namangan shahardagi "Bobur" bog`iga aylangani kelgan maktab o`quvchilaridan biri jiddiy jarohat olib halok bo`lgani haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Xayot Shamsutdinov izoh berdi.
Joriy yilning 14 may kuni soat 11:30 atrofida 12 yoshli bola Namangan shahardagi istirohat bog`idagi attraksionda aylangan vaqtida bosh qismidan tan jarohati olib vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan prokuratura tomonidan JKning 257-moddasi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Namangan shahar IIO FMB tergov bo`limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.






