Avvalroq, Toshkent viloyatida 30 yoshli ota xotinidan o`ch olish uchun 2 yoshli farzandini muttasil qiynoqqa solib kelgani haqida xabar bergandik. Erkak qilgan ishidan pushaymonligini aytib, uzr so`rab chiqdi.
"Oilaviy kelishmovchilik sababli spirtli modda iste`mol qilib, alamimni farzandimdan olgandim. Bu ish o`zbekchiligimizga to`g`ri kelmaydi. Bu uchun xalqimdan uzr so`rayman, qonunda belgilangan jazoning eng og`irini o`tashga ham tayyorman. Bu erdan chiqqandan keyin oilam bilan tinch va baxtli hayot kechiraman", - dedi erkak.
Eslatib o`tamiz, mazkur holat yuzasidan erkakka nisbatan JKning 110-moddasi 2-qismi "a" bandi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Ma`lumot uchun, ushbu jinoyatni sodir etganlar uchun besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.






