AsosiyJamiyat

Jizzax viloyati prokuraturasi xodimi 1300 AQSh dollar pora bilan ushlandi (video)

'Jizzax viloyati prokuraturasi xodimi 1300 AQSh dollar pora bilan ushlandi (video)'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati xabariga ko`ra, Jizzax shahrida yashovchi yakka tartibdagi tadbirkor chorvachilik bilan shug`ullanish maqsadida 2020 yilda bankdan 200 mln so`m miqdorida imtiyozli kredit olgan va ushbu mablag` hisobidan qoramol sotib olib, oilaviy tadbirkorlikni yo`lga qo`ygan.

Biroq joriy yilning fevral oyida kredit bergan bank tadbirkor tomonidan kredit mablag`i maqsadsiz sarflangan degan xulosa bilan viloyat prokuraturasiga chora ko`rish uchun murojaat qilgan.

O`z navbatida, o`rganib chiqish va qonuniy qaror qabul qilish uchun mazkur murojaat Jizzax shahar prokuraturasiga yuborilib, uning nazorati viloyat prokuraturasi bo`lim prokuroriga yuklatilgan. Murojaatni o`rganib chiqqan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atish rad etilgan.

Lekin viloyat prokuraturasining bo`lim prokurori esa go`yoki uning o`zi tadbirkorga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atishni rad etganligini iddao qilib, “xizmati” evaziga undan 1300 AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan JKning 25,168-moddasi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

    Boshqa yangiliklar