Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi tomonidan “Umumiy o`rta ta`lim muassasalarida 2022-2023 o`quv yilini yakunlash va “So`nggi qo`ng`iroq” tadbirlarini o`tkazish bo`yicha tavsiyalar” ishlab chiqildi.
Umumiy o`rta ta`lim muassasalarida "So`nggi qo`ng`iroq” tadbirlari 25 may kuni ertalab soat 8:00 dan 9:00ga qadar “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etiladi.
Tadbirni tartibli o`tkazish va o`quvchilar xavfsizligini ta`minlash maqsadida o`quvchilar sonidan kelib chiqqan holda ushbu tadbirga faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf o`quvchilari jalb etiladi.
Tadbir mahalla qo`mitasi, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yong`in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda o`tkaziladi hamda maktab hududiga texnika vositalari va begona shaxslarning kiritilmasligi ta`minlanadi.
“So`nggi qo`ng`iroq” tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini o`tkazishda, ta`lim muassasalarini yangi o`quv yiliga tayyorlash borasida o`quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul yig`imlariga yo`l qo`yilmaydi.
Maktab hayotida faol ishtirok etayotgan o`quvchilarning ota-onalarini ma`naviy rag`batlantirishga alohida e`tibor qaratiladi.






