AsosiyJamiyat

Toshkentning ayrim hududlarida "svet" o`chdi

'Toshkentning ayrim hududlarida "svet" o`chdi'ning rasmi

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali Matbuot xizmatining bergan xabariga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to`g`risida»gi  Qaroriga muvofiq Mirobod hamda Yakkasaroy tumanlari  hudududlarini qisman elektr energiyasi bilan taminlovchi  110/35/10  kVli “Qoqon” podstansiyasidagi T-1dagi  quvvati 40 000 kVA bo`lgan mavjud transformatorni yangi 63 000 kVA bolgan katta quvvatli tarnsformatorga almashtirish ishlari olib borilmoqda.

Shu sababli, joriy yilning 15 may kunidan 20 may kuniga qadar Toshkent shahrining Mirobod hamda Yakkasaroy tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi soat 10:00 dan 12:00 ga qadar qisqa muddatga o`chirilishi rejalashtirilgan. 

Ushbu ta`mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:

MIROBOD tumanining: Gospitalniy, Afrosiyob, Oybek, Shevchenko, Fidokor, Shaxrisabz, Mironshox hamda kichik Mirobod kochalari;

YaKKASAROY tumanining: Zarbog, Voxidova, Rakatboshi, Yusuf Hos Hojib, G. Karimova, Akilova, Mirakilova, Bog`idil, Mirakilova,  Mirakilova 1-tor, Shmita, M. Yoqubova, Mirobod, Mirobod 1- va  2-tor hamda Usmon Nosir ko`chalari  hududidagi aholi yashah xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik o`chiriladi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta`mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste`molchilardan uzr so`raydi, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar