AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida farzandini qiynagan erkak uzr so`rab chiqdi (video)

'Toshkent viloyatida farzandini qiynagan erkak uzr so`rab chiqdi (video)'ning rasmi

Toshkent viloyati Yangiyo`l tumanida 2022 yilning sentyabr oyida erkak xotinidan o`ch olish uchun bolalarini qiynoqqa solgani aniqlangandi. “Millar” dasturida fuqaroning intervyusi e`lon qilindi.

Qayd etilishicha, “Guliston” mahallasida yashovchi 30 yoshli A.N. (erkak) turmush o`rtog`i N.F.dan o`ch olish maqsadida 2 yoshli farzandini muttasil ravishda turli qiynoqlarga solib, ushbu jarayonni uyali telefon apparatiga videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.

“Oilaviy kelishmovchilik sababli spirtli modda iste`mol qilib, alamimni farzandimdan olgandim. Bu ish uchun o`zbek xalqidan uzr so`rayman, qonunda belgilangan jazoni o`tashga tayyorman. Bu erdan chiqqandan keyin oilam bilan tinch va baxtli hayot kechiraman”, — deb ta`kidlagan erkak.

Mazkur holat yuzasidan 13 may kuni A.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a” bandi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Gumonlanuvchi shaxs prosessual tartibda ushlangan. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishi tergovi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

 

    Boshqa yangiliklar