AsosiyJamiyat

Samarqandda yigit otasini qaychi bilan o`ldirib qo`ydi (video)

'Samarqandda yigit otasini qaychi bilan o`ldirib qo`ydi (video)'ning rasmi

Samarqand viloyati Nurobod tumanida 2022 yil 18 dekabr kuni otasi o`ldirgan yigitga sud hukmi o`qildi. Bu haqda “Zamon” xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, yigit shu kuni uyida spirtli ichimlik iste`mol qilgan, tunda otasi ham unga qo`shilib aroq ichgan. Shundan so`ng ular o`rtasida janjal kelib chiqqan.
Yigit otasining peshona, yuz va boshqa qismlariga qo`li bilan urib, jag` tishlarini sindirgan. Shundan so`ng u otasini bo`g`ib, deraza tokchasida turgan qaychini bo`yniga suqib olgan.

“Onamni kasal qilib o`ldirdi. Shu ish yaxshimi? Otasi tirik bo`la turib, etim o`sish nima ekanligini men bilaman. Bolalikdan akalarim bilan mehnatda ulg`aydik. Onamning o`limidan keyin bu men sababli bo`ldi deb biror marta o`ylamadi”, — deydi yigit.

Sud hukmiga ko`ra, fuqaro Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v, j” bandlari bilan aybli deb topilib, 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Jazoni umumiy tartibli koloniyada o`tash belgilandi.

    Boshqa yangiliklar