AsosiyJamiyat

O`zbekistonda “Yashil energiya” sertifikati tizimi joriy etiladi

'O`zbekistonda “Yashil energiya” sertifikati tizimi joriy etiladi'ning rasmi

“Yashil energiya” sertifikatlari tizimini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, elektrning qayta tiklanuvchi manbalar asosida ishlab chiqarilganini tasdiqlovchi “yashil energiya” sertifikati tizimi quyidagi bosqichlarda joriy etiladi:

  • 2023 yil 1 iyuldan – “O`zbekgidroenergo” AJdagi gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr uchun;
  • 2023 yil 1 oktyabrdan – quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr uchun. 

Bitta “yashil energiya” sertifikati 1000 kVt*soat elektr ishlab chiqarilganligini tasdiqlaydi.

“Yashil energiya” sertifikatlari tizimini yuritish Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Qayta tiklanuvchi manbalardan foydalanishga asoslangan generasiya ob`ektlarining “yashil energiya” sertifikatlari savdosidan tushgan daromadlari foyda solig`idan ozod etiladi.

    Boshqa yangiliklar