AsosiyJamiyat

Toshkentda bo`lib o`tgan boks bo`yicha jahon chempionatida ommaviy mushtlashuv bo`lgani aytilmoqda (video)

'Toshkentda bo`lib o`tgan boks bo`yicha jahon chempionatida ommaviy mushtlashuv bo`lgani aytilmoqda  (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida bo`lib o`tgan Boks bo`yicha jahon chempionatida ommaviy mushtlashuv bo`lganligi haqidagi xabar tarqaldi.

 Ushbu holat yuzasidan IIV axborot xizmati rahbari Shoxrux G`iyosov izoh berdi.

Joriy yilning 13 may kuni Boks bo`yicha jahon chempionatining navbatdagi kuni so`ngida tashkilotchilar tomonidan muxlislarga tekinga charm qo`lqop tarqatish marosimida, muxlislar bir-birlariga navbat bermasdan tartibsiz harakat qilishgan.

"Tadbir tashkilotchilari tomonidan qisqa fursatda tartib tiklanib, jamoat tartibini buzilishiga yo`l qo`yilmagan", — deyiladi IIV Axborot xizmati xabarida.

    Boshqa yangiliklar