AsosiyJamiyat

Toshkentdagi restoranlarning birida yong`in sodir bo`ldi

'Toshkentdagi restoranlarning birida yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Kecha, 9 may kuni soat 22:04 da Toshkent shahar Yangihayot tumani Sputnik-7 hududida joylashgan hozirgi kunda ish faoliyatida bo`lmagan restoranlarning birida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko`ra, 5 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat soat 22:06 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 22:23 qurshab olingan va soat 22:33 da bartaraf etilgan.

Yong`in natijasida restoranning 100 kv.m maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.

Eslatib o`tamiz, bundan oldin Paxtachi tumanida gaz quyish shoxobchasi portlashi oqibatida yong`in kelib chiqqan edi.

    Boshqa yangiliklar