"9-may - Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan, "Yangi O`zbekiston bog`i"da bo`lib o`tadigan bayram tadbiriga tashrif buyuruvchi fuqarolar va yo`lovchilarga sifatli jamoat transporti xizmatini ko`rsatish maqsadida, 9 may kuni soat 18:00 dan harakatlanuvchi quyidagi vaqtinchalik avtobus yo`nalishlari tashkil etilmoqda:
"Mashinasozlar metrosi - Yangi O`zbekiston bog`i" (10 ta jadval asosida "Yutong" rusumli elektrobuslar, "1-Avtobus saroyi" filiali tomonidan xizmat ko`rsatiladi);
"Do`stlik metrosi – Yangi O`zbekiston bog`i" (10 ta jadval asosida "MAN" rusumli avtobuslar, "Toshavtobustrans" UK tomonidan xizmat ko`rsatiladi);
190-sonli "Yangibozor qo`rg`oni - Yangi O`zbekiston bog`i" (16 ta jadval asosida "MAN" va "SAZ LE-60" rusumli avtobuslar, "5-Avtobus saroyi" filiali tomonidan xizmat ko`rsatiladi);
"Do`stlik metrosi - Yangi O`zbekiston bog`i" (10 ta jadval asosida "Yutong" rusumli elektrobuslar, "7-Avtobus saroyi" filiali tomonidan xizmat ko`rsatiladi);
"Buyuk ipak yo`li metrosi – Yangi O`zbekiston bog`i" (10 ta jadval asosida "Yutong" rusumli elektrobuslar, "18-Avtobus saroyi" filiali tomonidan xizmat ko`rsatiladi).






