AsosiyJamiyat

Lukashenko Shavkat Mirziyoevni Referendum muvaffaqiyatli o`tkazilgani bilan tabrikladi

'Lukashenko Shavkat Mirziyoevni Referendum muvaffaqiyatli o`tkazilgani bilan tabrikladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 4 may kuni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan o`tkazgan telefon orqali muloqotida qo`shma kooperasiya loyihalarini jadallashtirish va savdo munosabatlarining sur`atini ta`minlash masalalari ko`rib chiqildi.

Suhbat avvalida Belarus Prezidenti joriy yil 30 aprel kuni bo`lib o`tgan O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o`zgartirishlar kiritish bo`yicha referendum muvaffaqiyatli o`tkazilgani bilan samimiy tabrikladi.

Prezidentlar O`zbekiston-Belarus hamkorligi izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Diplomatik munosabatlar o`rnatilganining 30 yilligi doirasida bir qator ikki tomonlama tadbirlar o`tkazilmoqda. O`zaro tovar ayirboshlash hajmi va qo`shma korxonalar soni oshmoqda.

Qabul qilingan “yo`l xaritasi” asosida mashinasozlik, farmasevtika, qishloq xo`jaligi, elektrotexnika va boshqa tarmoqlarda sanoat kooperasiyasi bo`yicha qo`shma loyihalarni o`z vaqtida amalga oshirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Ularni jadallashtirish uchun Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig`ilishini o`tkazish va faol hududlararo almashinuvlarni davom ettirish muhim ekani ta`kidlandi.

    Boshqa yangiliklar