The Telegraph nashrining yozishicha, Saudiya Arabistoni rasmiylari futbol tarixidagi eng yirik taklifni tayyorlamoqda.
Avvaliga ular argentinalik 35 yoshli futbolchi bilan moliyaviy detallarni kelishib olish niyatida, shundan keyin hujumchi qaysi klubga o`tishi aniq bo`ladi.
Muzokaralarda Saudiya Arabistoni ligasi rahbariyatida ishlayotgan, «Manchester Siti»ning sobiq ijrochi direktori Garri Kuk qatnashishi kutilmoqda.
Saudiyaliklar hozir futbolchining otasi Xorxe Messi bilan muzokara o`tkazishmoqda. Gap yiliga taxminan 400 mln dollar maosh haqida ketmoqda.
Avvalroq «Barselona» yozda Messini ortga qaytarmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.






