Bugun, 3 may kuni Afg`onistonda 5 magnitudali zilzila yuz berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda zilzila kuchi O`zbekistonda ham sezilgani aytilmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi O`zbekistonda zilzila sezilganini tasdiqlamadi.
Ma`lum qilinishicha, Toshkent vaqti bilan 14:51 da (Grinvich bo`yicha 09:51 da) Afg`onistonda zilzila sodir bo`lgan.
Zilzila koordinatalari:
- 37,12 gradus shimoliy kenglik;
- 70,49 gradus sharqiy uzunlikka ega.
Er silkinishining o`chog`i 255 km chuqurlieda, epimarkazi esa Toshkentdan 474 km janubiy-sharqda joylashgan.






