Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi tumani hududidan oqib o`tuvchi qismida kanal chetidagi yo`lning oldida «Vaz-2106» rusumli avtomashina yonib ketganligini, avtomashina ichidagi haydovchi o`rindig`ida inson jasadi borligini haqidagi xabarlar tarqalgan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Marhumning o`limi sabablarini aniqlash bo`yicha tegishli ekspertizalar tayinlangan.
Jinoyat ishi tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.






