AsosiyJamiyat

Ombudsman ikki fuqaroning tergov binosida kaltaklanganiga munosabat bildirdi

'Ombudsman ikki fuqaroning tergov binosida kaltaklanganiga munosabat bildirdi'ning rasmi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (Ombudsman) ijtimoiy tarmoqlar va OAVda tarqalgan 2 gumondor shaxsning IIO tergovida vahshiyona qiynalayotgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi. Bu haqda Ombudsmanning Axborot xizmati xabar berdi. 

Ma`lum bo`lishicha, Ombudsmanga advokat U.M.ning himoyasi ostidagi Hasanboy Abdunabiev qiynoqqa solingani haqida yuborilgan murojaat tezkorlik bilan ijroga xqaratilib, 1 may kuni ushbu murojaat O`zbekiston Respublikasi JPK talablari asosida ko`rib chiqish uchun Bosh prokuraturaga Ombudsmanning alohida nazorat xati orqali yuborilgan.

Shuningdek, Ombudsman va uning huzuridagi Jamoatchilik guruhlari vakillari tomonidan xabarlarda qayd etilgan shaxslar bilan uchrashib, holi tarzda suhbatlashishlari uchun navbatdan tashqari monitoring tashrifini tashkil qilish ham rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Ombudsmanga yuborilgan qiynoqqa oid murojaatlar, jumladan ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilingan xabarlar darhol nazoratga olinishi va o`rganilishi bildirilgan. O`rganish natijalari bo`yicha jamoatchilik xabardor qilinishi aytilgan.

 


 

    Boshqa yangiliklar