AsosiyJamiyat

Namanganda reklama banneri fundamentidan o`pirilib odam ustiga tushib ketdi (video)

'Namanganda reklama banneri fundamentidan o`pirilib odam ustiga tushib ketdi (video)'ning rasmi

Kecha, 1 may kuni Namangan shahrida joylashgan reklama banneri fundamentidan o`pirilib, odam ustiga tushib ketgan. 

Erga tushishi oqibatida bir nafar shaxs (erkak, 1997 y.t.) tan jarohati olgan va joyida xushini yo`qotgan. Shundan so`ng, yon atrofda bo`lgan fuqarolarning ko`magida jabrlangan shaxs darhol shifoxonaga olib ketilgan. 

Bosh prokuratura Matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar