AsosiySport

Ronaldu “Al-Nasr”dan ketmoqchi

'Ronaldu “Al-Nasr”dan ketmoqchi'ning rasmi

Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu “Al-Nasr” klubini tark etib, Evropaga qaytishni istamoqda. Bu haqda “El Nacional” nashri xabar berdi. 

Ronaldu "Al-Nasr" jamoasiga joriy yilning yanvar oyida borib qo`shilgan va 200 million evro maosh bilan ikki yilga shartnoma tuzgandi. Biroq futbolchi ushbu katta summadan voz kechishga tayyor. 

Ta`kidlanishicha, Krishtianu “Real”ga futbolchi sifatida emas, klub elchisi sifatida qaytishi mumkin.  

Manbaga ko`ra, Florentino Peres Krishtianuning "Santyago Bernabeu”da o`ynamasligini aytib o`tgan. Lekin klubda Ronaldu uchun doim o`rin borligini hamda superyulduzni jamoaga begona emasligini tushuntirgan. 

Ma`lumot uchun:

“Manchester Yunayted”, “Yuventus” va “Real”ning sobiq futbolchisi “Al-Nasr”da bor yo`g`i 5 oy to`p surdi va klub safida barcha turnirlarda 15 o`yinda 12 ta gol urdi.

    Boshqa yangiliklar