AsosiyDunyo

Ozarbayjonda murabbiy 7 yoshli shogirdini o`ldirib qo`ydi (video)

'Ozarbayjonda murabbiy 7 yoshli shogirdini o`ldirib qo`ydi (video)'ning rasmi

Ozarbayjonning Sumgait shahridagi sport maktabida dzyudo va sambo murabbiyi, Evropa o`yinlari bronza medali sovrindori Mehmon Xalilov mashg`ulot vaqtida o`zining 7 yoshli shogirdini kaltaklab, o`ldirib qo`ydi.

Mehmon Xalilov bolaga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo`lgani kameraga tushib qolgan. U bolaning sochidan tortib, oyog`iga tepishi natijasida bolakay oyoqda tura olmay qolgan. Mana shunday vaziyatda Xalilov kichik shogirdiga xavfli zarba bergan. Buning natijasida 7 yoshli bolakayning bo`yin umurtqasi singan.

Sumgait shahar prokuraturasining xabar berishicha, bola darhol shifoxonaga olib borilgan. Biroq shifokorlar bolakayning hayotini saqlab qola olmagan.

Hozirda Mehman Xalilovga nisbatan Ozarbayjon Jinoyat kodeksining «Qasddan badanga og`ir shikast etkazish, ehtiyotsizlik oqibatida jabrlanuvchining o`limiga sabab bo`lish» moddasi bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan va qo`lga olingan.

    Boshqa yangiliklar