AsosiyJamiyat

Toshkentda 19 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Cobalt YTHga uchrab, yonib ketdi (video)

'Toshkentda 19 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Cobalt YTHga uchrab, yonib ketdi (video)'ning rasmi

Joriy yilning 2 may kuni soat 02:00 atrofida Yashnobod tumani Tohir Malik ko`chasida 2004 yilda tug`ilgan A.X. Cobalt avtomashinasini boshqarib kelayotib rul boshqaruvini yo`qotishi natijasida avtomobil ag`darilib yonib ketgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati xabar berdi.

YTH natijasida haydovchi A.X. tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB hamda hududiy FVB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar