Tovarlarni noqonuniy olib o`tish “reja”si chippakka chiqdi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Axborot xizmati.
Ma`lum qilinishicha, “Arkbuloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida Kontrabandaga qarshi kurashish bo`lim hamda ushbu post xodimlari tomonidan xorijdan poytaxtimizda faoliyat yurituvchi mas`uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan, “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimigarasmiylashtirish uchun taqdim etilgan14 dona “transformator qismlari” tovarlari xodimlar tomonidan belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi.
O`tkazilgan tekshiruvlar natijasida qiymati 840 mln. so`mni tashkil etuvchi transformator qismlarida, yorliqlarida 2009 yilda ishlab chiqarilganligi muqaddam foydalanishda bo`lganligi aniqlandi.
Ma`lumot o`rnida, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ 4422-son qaroriga ko`ra, 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab ilgari foydalanilgan generator uskunalari, kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlar, elektr dvigatellar, shuningdek, energiya samaradorligi D toifadagi energiya sarflovchi uskunalarni O`zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish taqiqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






